«Hilol hadya» — bu Hilol Nashr jamoasi uchun yaratilgan ichki motivatsion ilova. Ilova orqali xodimlar har kuni o‘z vaqtida ishga kelib-ketishlari, muntazam kitob o‘qishlari va faoliyatdagi ishtiroklari uchun ball to‘plashadi. To‘plangan ballar evaziga ular ilovadagi "Do‘kon" bo‘limidan turli sovg‘alarni xarid qilishlari mumkin.
Ilovaning asosiy maqsadlari:
- Xodimlarni o‘z vaqtida ishga kelishga rag‘batlantirish
- Muntazam kitob o‘qishga undash
- Mehnat unumdorligini oshirish
- Uzoq muddatli motivatsiyani ta’minlash
Asosiy imkoniyatlar:
- Keldi-ketdi qayd etish
- Kitob o‘qish uchun ball olish
- Ballar orqali sovg‘alar xarid qilish
- Statistikani ko‘rish va shaxsiy rivojlanishni kuzatish
«Hilol hadya» — intizomli, bilimli va fidokor xodimlar jamoasini shakllantirish sari dadil qadam!
Xodimlar uchun keldi-ketdi, kitob o‘qish va ball to‘plash orqali mukofotlar!